Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



UrDUda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun bepul tayyorlov kurslari tashkil etilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 13-dekabr kuni 2024-yilda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan 60-son topshiriqlarning 6-bandida belgilangan vazifa ijrosini ta’minlash hamda yoshlarni tayyorlov kurslari orqali umumta’lim fanlari bo‘yicha bilimlarini oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 17-yanvardagi "Oliy ta’lim tashkilotlarida abituriyentlar, jumladan, kambag’al va kam ta’minlangan oilalarning bitiruvchi sinfdagi farzandlari uchun tayyorlov kurslarini tashkil etish to’g’risida"gi  18-son buyrug’i ijrosi yuzasidan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tomonidan qator tizimli ishlar boshlab yuborildi.

Xususan, yoshlarni tayyorlov kurslari orqali umumta’lim fanlari bo’yicha bilimlarini oshirish maqsadida ayni kunlarda universitetning Xorijiy filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Qo‘shko‘pir tumanidagi kambag’al va kam ta’minlangan oilalarning bitiruvchi sinf farzandlari va ularning ota-onalari bilan uchrashib, ularga universitet ta’lim yo’nalishlari va yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida targ’ibot ishlari olib borilmoqda hamda ularning qiziqishlarini inobatga olgan holda, universitet qoshida tashkil qilingan maxsus bepul o’quv kurslariga taklif qilinmoqda.

Ulashish: