Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies

  • Green
    University



Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori v.v.b., professor Xodjaniyazov Sardor Umarovichning “8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tabrigi


Assalomu alaykum muhtarama opa-singillar!

Avvalo, yurtimizga tashrif buyurgan yasharish, yangilanish fasli bo‘lgan bahor bayrami bilan barchangizni muborakbod etaman.

Bahor faslining avvalida butun dunyo bo‘ylab Xotin-qizlar kunini nishonlash yaxshi an’anaga aylangan. Bunda ham, albatta, ramziy ma’no-mazmun bor. Zero, tabiatning uyg‘onishi, yangi hayot nafasining ufurishi hayotimizga go‘zallik, qalblarimizga mehr-muhabbat olib kiruvchi ayollarimizning bayrami bilan hamohang.

Qutlug‘ ayyom – “8-mart  -  Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan jamiki yurtimiz ayollarini, qolaversa, jamoamizdagi muhtarama opa-singillarimizni, talaba-qizlarimizni chin dildan muborakbod etaman.

Ayol millat kelajagi, hayot davomchisi sanaladi. Xotin-qizlar eʼzozlangan va qadrlangan yurtning buguni va ertasi farovon boʻladi. Shu jihatdan keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini, gender tenglikni taʼminlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish oʻrinlari yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash davlat siyosatini ustuvor yoʻnalishiga aylandi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning ogʻirini yengil qilish, masʼuliyat va salohiyatini roʻyobga chiqarish, tadbirkor opa-singillarimizga manzilli koʻmak berish, ularning bandligini taʼminlash kabi koʻplab muhim vazifalar koʻndalang qoʻyilganligi jamiyatimiz ayollari yana bir pogʻona yuksakka koʻtarilganidan dalolat beradi.

Moʻtabar va munis ayollarimiz!

Yana bir borbahor va goʻzallik bayrami – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan, Siz azizlarga, eng samimiy tilaklarimni bildiraman. Oilamizga quvonch, hayotimizga goʻzallik olib kiruvchi onalarimiz, opa-singillarimiz baxtimizga sogʻ-omon boʻlsinlar. Bahoriy goʻzallik hamda koʻrkamlik sizni umr boʻyi tark etmasin.

Xodjaniyazov Sardor Umarovich

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori v.v.b., professor

Ulashish: