Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies

  • Green
    University



Qurbon hayiti munosabati bilan rektor tabrigi


Qadrli yurtdoshlar, hurmatli hamkasblar, aziz talaba-yoshlar!

Sizlarni ezgulik, mehr-muruvvat va insonparvarlik ayyomi bo’lgan muqaddas Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Qurbon hayiti musulmon olamidagi eng muqaddas, muborak va ruhan poklanishga da’vat etguvchi ulug’ bayramdir. Bu kun yaqinlarimiz holidan xabar olib, bemor va keksalardan ko’ngil so’rash, ehtiyojmandlarga mehr-muruvvat ko’rsatish, ginalarni unutish, kechirimli bo’lish azaliy an’anaga aylangan. Ulug’ qadriyatlarni o’zida chuqur mujassam etgan bu ayyom boshqa savobli amallari bilan ham asrlar osha insoniyat qalbiga ezguliklarni ulashib kelmoqda. Shuning uchun ham Qurbon hayitining hayotimizdagi o’rni va ahamiyati beqiyos, xalqimiz uchun ardoqli bayram hisoblanadi.

Ushbu ulug’ ayyomda barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bilan muborakbod etar ekanman, sizlarga mustahkam sog’liq-salomatlik, oilaviy tinchlik-hotirjamlik, sharafli va mashaqqatli kasbingizda omad yor bo’lishini tilayman. 
Har bir oila, har bir xonadonga, butun yurtimizga tinchlik-omonlik, baxt-u saodat, fayz-u baraka hamroh boʻlsin!

Qurbon hayitingiz muborak bo’lsin!

Sardor Xodjaniyazov
Urganch davlat universiteti rektori v.v.b, professor.

Ulashish: