Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Akademik litseylar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini  tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarori, “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi, Ichki ishlar vazirligining Xorazm akademik litseyi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti akademik litseyi, Urganch davlat pedagogika institutining akademik litseyi va Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali akademik litseylari o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolandi.

Maqsad – hamkorlikni kuchaytirish, o‘quvchilar orasida sog’lom raqobatni vujudga keltirish, mamlakatimiz barcha sohalari uchun vatanparvar, o‘z kasbiga sadoqatli va har tomonlama yetuk kadrlar zahirasini yaratishdan iborat.

Mazkur memorandum akademik litseylar o‘quvchilari o‘rtasida fan va sport olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish va g‘oliblarni rag‘batlantirib borishni ko‘zda tutadi.

Mazkur memorandum yosh avlodning bilim va salohiyatini oshirish, ularda raqobatbardosh ko‘nikmalarni shakllantirish, eng muhimi – Vatanga sadoqatli va fidoyi mutaxassislarni tarbiyalashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Share