Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Urganch davlat universiteti Zulfiya nomidagi davlat mukofoti tanlovining viloyat bosqichiga mezbonlik qilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-noyabrdagi 731-sonli qarori bilan ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyatida ijtimoiy faolligi, iste’dodi hamda yutuqlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 14–30 yoshli iqtidorli xotin-qizlar uchun Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash tartibi belgilab berilgan edi.

Shu munosabat bilan bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida mazkur nufuzli mukofotning viloyat bosqichi o‘z ishini boshladi. Tadbir avvalida tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari G.Ibadullayeva, “Xorazm haqiqati” gazetasi bosh muharriri S.Rahimberganovalar so‘zga chiqib, Zulfiya nomidagi mukofotning yosh xotin-qizlarning iste’dodini qo‘llab-quvvatlash, ularni rag‘batlantirish va ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashdagi ahamiyat borasida toʻxtaldi.

Ushbu jarayon yosh ijodkor, zukko va faol qizlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda yangi yutuqlarga chorlashga qaratilgan muhim ijtimoiy maydondir.

Ayni paytda Xorazm viloyati hokimining qaroriga asosan Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash bo‘yicha viloyat komissiyasi o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Share