Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



''Men ham jurnalist bo‘laman"to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi


Bugun, 29-yanvar kuni O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Men ham jurnalist bo‘laman” ijodiy to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi. Bu galgi uchrashuv jurnalistikaning eng jonli va ta’sirchan janrlaridan biri — reportaj mavzusiga bag‘ishlandi.

Mashg‘ulotda Jurnalistlar uyushmasi a’zolari, xususan, “Hayot ko‘zgusi” gazetasi muharriri M.Tillayeva, “Ishonch” gazetasi muharriri M.To‘rabayeva, shuningdek, uyushmaning Xorazm viloyati bo‘limi mutaxassisi M.Xo‘jamurodova ishtirok etdi. Unda soha mutaxassislari hamda universitet Axborot xizmati rahbari M.Axmedova, Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi M.Tillayeva hamda Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi mudirasi S.Babajanovalar talabalar bilan mavzu doirasida muloqot olib borishdi.

Mashg’ulotda reportaj janrining nazariy asoslari, uning dolzarbligi va amaliy ahamiyati haqida tajribali jurnalistlar o‘z faoliyatlaridan real misollar keltirib, yoshlar bilan kasbiy sir-asrorlarini bo‘lishdilar. Talabalar esa amaliy topshiriqlar orqali o‘zlarini sinab ko‘rib, ijodiy fikrlash, kuzatuvchanlik va tezkorlik kabi muhim jurnalistik ko‘nikmalarni namoyon etdilar.

 


Share