Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Urganch davlat universiteti Kengashining 6-majlisi bo‘lib o‘tdi


Bugun, 30-yanvar kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ilmiy kengashining 6-majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov raisligida, Kengash a’zolari ishtirokida tashkil etildi. 

Dastlab universitetning ilmiy salohiyatini oshirish yo‘lida salmoqli hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilarga ilmiy daraja va unvonlarining diplomlari taqdim etildi. Shuningdek, kuni kecha Buxoro davlat universitetida o‘tkazilgan “BICHO–2026” xalqaro olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar eʼtirof etilib, diplomlari topshirildi. 

Shundan so‘ng, kun tartibidan o‘rin olgan quyidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning axborot hamda hisobotlari tinglandi: 

Universitetda 2025-yilda bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy- pedagogik kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida (hisobot);
Universitet huzuridagi “Xorazm” innovatsion texnoparki faoliyati  to‘g‘risida (axborot);
Filolgiya va san’at fakultetida  bitiruvchilar va talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida (axborot).

Shuningdek, Kengash tomonidan har xil masalalar atroflicha muhokama etildi hamda saylovlar o‘tkazildi.

 

Share