Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi raisi Axmadbek Yusupov Urganch davlat universitetida rektor Feruza Madrahimova boshchiligidagi jamoa va tadqiqotchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida universitetdagi ilmiy tadqiqotchilarga keng imkoniyatlar yaratish hamda mavjud ilmiy Kengashlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, shuningdek, bugungi kunda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish jarayonlari, dissertatsiya himoya jarayonlaridagi yangiliklar va ularni amaliyotga keng joriy etish masalalari yuzasidan batafsil fikr-mulohazalar yuritildi.
Muloqot davomida tadqiqotchilarning bergan savollari va ilgari surilgan takliflariga javob berildi. Universitet rektori va jamoaning takliflari asosida OAK raisi universitetdagi mavjud ilmiy Kengashlar faoliyatini takomillashtirib, qo’shimcha yana ikki ixtisoslik bo’yicha yangi ilmiy Kengashlar tashkil etilishini ma’lum qildi.




