Close
Skip to main content


Xotira va qadrlash — insoniylik va ehtirom timsoli


Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova “9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan bir guruh mas’ullar hamrohligida universitetda uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan, bugungi kunda nuroniylik gashtini surayotgan faxriy ustozlar holidan xabar oldi.

Jumladan, uzoq yillar fakultet dekani sifatida faoliyat olib borgan Safo O‘runov, Talabalar amaliyoti bo‘limi uslubchisi sifatida faoliyat yuritgan Sodiqjon Safashev hamda Biologiya kafedrasi dotsenti Anaxon Raxmonovalarning xonadonlarida bo‘lib, ustozlarning ko‘p yillik fidokorona mehnati, ilm-fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi. Faxriy pedagoglarga hurmat va ehtirom bajo keltirilib, ularga ezgu tilaklar bildirildi.

Muloqot davomida nuroniy ustozlar bilan dildan suhbat qilinib, ularning hayotiy tajribasi, ibratli faoliyati hamda yosh avlod tarbiyasidagi xizmatlari yuksak qadrlanishi ta’kidlandi.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bunday ezgu tashabbuslar davom etadi.



















Share