Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



Urganch davlat universitetida koronovirus infektsiyasining tarqalishini oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar


Urganch davlat universitetida koronovirus infektsiyasining tarqalishini oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida AXBOROT
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish  maqsadida barcha oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 2020 yil 16 martdan e’tiboran o‘qish to‘xtatilib, o‘quvchi-talabalar ta’tilga chiqarildi. Shu munosabat bilan Urganch davlat universitetida koronovirus infektsiyasining tarqalishidan himoyalanish choralarini ko‘rish, yoshlar uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish  bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va boshqa viloyatlardan kelib tahsil olayotgan 258 nafar, shuningdek, Xorazm viloyatidagi 11292 nafar talabalar doimiy yashash joylariga kuzatib yuborildi. Ular bilan guruh murabbiylari onlayn muloqot o‘rnatishgan. Ijtimoiy tarmoqda alohida guruhlar tashkil etib, masofiy ta’lim resurslari haqida axborotlar joylashtirilmoqda, onlayn viktorina o‘yinlar o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yildi.  
Karantin davrida doimiy yashash joyiga ketishi iloji bo‘lmagan Turkmaniston Respublikasidan kelib tahsil olayotgan 977 nafar talaba-yoshlar universitetga qarashli talabalar turar joyi (TTJ)ga joylashtirildi. TTJda koronovirus infektsiyasining tarqalishini oldini olish bo‘yicha har 2 kundan dezinfektsiya ishlari amalga oshirilib turibdi.

 
TTJdagi tibbiyot punktini uzluksiz ishlashi ta’minlanib, unda Urganch shahar sog‘liqni saqlash tizimi vrachlari 24 soatlik ish faoliyati yo‘lga qo‘yildi, zarur (birinchi yordam) va gigiena vositalari  bilan to‘liq ta’minlandi.
TTJda axborot resurs markazi kutubxonasi, kompyuter xonalari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, mavjud internet tarmog‘i va WI-FI hududlarining muntazam ishlashi ta’minlandi. Talabalar turar joyida yashovchi talabalar uchun Urganch shaxar hokimligi ko‘magi bilan  oziq-ovqat va sut maxsulotlari savdo shahobchalari faoliyat olib bormoqda.

Shuningdek, bank xizmati yo‘lga qo‘yilgan.
TTJda yashovchi talabalarga 2020 yilning 22-23-24-25 mart kunlari universitet ma’muriyati, xodimlari va professor-o‘qituvchilarining hayriya aktsiyalari  asosida zarur oziq-ovqat maxsulotlari (kartoshka, guruch, sabzi, piyoz, tuz, un, shakar) bepul ta’minlandi. 
Karantin vaqtida TTJda yashab turgan xorijlik talabalarni kunlik oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida shartnomalar tuzilib, 2020 yil 27 martdan boshlab TTJdagi barcha talabalarga go‘sht, non, kartoshka, piyoz, sabzi, yog‘, makaron, guruch, shakar kabi mahsulotlarni tarqatish universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.

 

UrDU Axborot xizmati

Ulashish: