Close
Skip to main content


Rektor magistrantlar bilan uchrashuv o’tkazdi


Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova universitet magistrantlari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida magistrantlarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni universitetda ishga olib qolish, ilmiy izlanishlarni davom ettirish istagida bo‘lgan mutaxassislarga zarur sharoit va imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot jarayonida magistrantlarning kasbiy rivojlanishi, ilm-fan va xalqaro hamkorlikdagi faolligini oshirish, xorijiy tillarni o‘rganish hamda amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash yuzasidan atroflicha so‘z yuritildi.

Uchrashuv davomida magistrantlar tomonidan xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda xorijiy tillarni o‘rganish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, amaliyot jarayonlarini takomillashtirish hamda yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Uchrashuv ochiq muloqotda ruhida o‘tib, bildirilgan takliflar universitet rektori tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.



















Share