Close
Skip to main content


Portugaliyaning Bragansa politexnika universiteti bilan sport yo‘nalishida hamkorlik rivojlantiriladi


Bugun Urganch davlat universitetiga Portugaliyaning nufuzli davlat oliy ta’lim muassasalaridan biri Bragansa politexnika universiteti Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, professor Tiago Manuel tashrif buyurdi.

Professorni universitet rektori universitet rektori Feruza Madrahimova qabul qildi. Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, sport sohasi bo‘yicha ilmiy va akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Bragansa politexnika universiteti huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda Scopus bazasidagi ilmiy maqolalarni birgalikda tayyorlash hamda xalqaro ilmiy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borildi.






Share