Close
Skip to main content


UrDU hududida yangi “Adiblar xiyoboni” barpo etiladi


Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova universitet hududida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish jarayonida yangi barpo etiladigan UrDU Adiblar xiyobonining tashkil etilish loyihalari bo’yicha mas’ullarga topshiriq berdi.

Xiyobonda Birinchi va Ikkinchi Renessans davri buyuk allomalari hamda Jadid ma’rifatparvarlarining siymolari aks ettirilishi rejalashtirilgan bo’lib, bunda siymolar haykaltaroshlik namunalari asosida gavdalanadi.

Xiyobonda talabalar va ustozlar uchun yashil sayr joylari, dam olish va kitob mutolaa qilish ayvonlari, ixtisoslashgan ixcham kitob javonlari va QR kodli kutubxona tashkil etiladi.

Muhimi, mazkur xiyobon yoshlarning milliy adabiyotimiz, tariximiz va ma’naviy merosimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda buyuk ajdodlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi.