Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



Xorijiy ta`lim muassasalari bilan hamkorlikGermaniyaning Vayenshtefan-Trizdorf amaliy fanlar universiteti va Urganch davlat universiteti o`rtasidagi qo`shma ta`lim dasturi asosida hamkorlik o`rnatilgan bo`lib, 2020-2021 o`quv yilida “Agrar menejment” muta


Germaniyaning Vayenshtefan-Trizdorf amaliy fanlar universiteti va Urganch davlat universiteti o`rtasidagi qo`shma ta`lim dasturi asosida hamkorlik o`rnatilgan bo`lib, 2020-2021 o`quv yilida “Agrar menejment” mutaxassisligi bo`yicha magistraturaga 6 nafar talaba qabul qilindi.  Joriy yilning 27 noyabr kuni Germaniyaning Vayenshtefan-Trizdorf amaliy fanlar universiteti xalqaro tarmog'ining prorektorlari hamda  hamkor universitet rektorlari ishtirokida onlayn konferensiyasi bo`lib o`tdi. 

Germaniya universiteti tashabbusi bilan bo`lgan ushbu uchrashuvda Vayenshtefan-Trizdorf amaliy fanlar universitetining 30 dan ortiq hamkor universitetlari ​qatnashdi.Konferensiyada  “Covid 19”  pandemiyasi davridagi mavjud vaziyat to'g'risida ma'lumot almashish va kelgusidagi hamkorlik, loyihalar va tadbirlar to'g'risida suhbat bo`lib o`tdi. Shuningdek,  xalqaro akkreditatsiya,  ikki tomonlama diplom shartnomalari,  Vayenshtefan-Trizdorf  amaliy fanlar universitetining  hamkor universitetlarida qishloq xo'jaligi professor-o'qituvchilari va xodimlari uchun xalqaro o'quv kurslari tashkil etish masalalari ham ko`rib chiqildi.

Ulashish: