Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



Universiada


2021 yilning 6-9 yanvarь kunlari oʼtkazilishi rejalashtirilgan “Universiada” sport oʼyinlarining “Basketbol” (oʼgʼil bolalar) turi boʼyicha respublika final bosqichiga Xorazm viloyati mezbonlik qilmoqda. Bugun Qoraqalpogʼiston Respublikasining Nukus shahridan, Toshkent, Fargʼona va Surxondaryo viloyatlaridan tashrif buyurgan sportchilar Urganch vokzalida tantanali kutib olindi.


Ushbu musobaqa oʼquvchi yoshlar va talabalarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʼullanishi tizimini takomillashtirish, isteʼdodli yoshlarni saralab olish va sport turlari boʼyicha milliy terma jamoalar zaxirasini shakllantirish, talaba yoshlar oʼrtasida sport turlarini yanada ommalashtirish, yoshlarni irodasi, oʼz kuchi va imkoniyatiga boʼlgan ishonchi, mardlik, vatanparvarlik, Ona yurtga sadoqat kabi tuygʼularini kamol toptirish shuningdek, sportchilarni tibbiy taʼminlash ishlarini tashkil etish maqsadida oʼtkazilmoqda.

Ulashish: