Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



Prezident qarori asosida Urganch Davlat Universiteti huzurida 6-son maktab negizida matematika, fizika, informatikaga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi


Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qo‘llab quvvatlash uchun zarur sharoitlarni yaratish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning ilm fanga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi islohatlarni tizimli amalga oshirish maqsadida, 2020 yil 3 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralash va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910 sonli qarori qabul qilingan edi.

Qaror asosida, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab Urganch shahar 6- son maktab negizida UrDU huzurida matematika, fizika, informatika faniga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi. Matematika, fizika, informatika faniga ixtisoslashtirilgan maktabga bu yilgi o‘quv yilida matematika, fizika va informatika fanlari bo‘yicha umumta’lim maktablarining 7-, 8- va 9-sinf o‘quvchilari qabul qilinadi. O‘quvchilar yotoqxona  bilan ta’minlanadi. Hozirgi vaqtda ixtisoslashtirilgan maktabga o‘quvchilarni qabul qilish davom etmoqda.
Tanlovda ishtirok qilish uchun o‘quvchilardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:

- Ixtisoslashtirilgan maktab direktori nomiga ariza;

- Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

- 3x4 hajmdagi 6 dona fotosurat;

- Psixologik-pedagogik diagnostika daftari asosida o‘quvchining qiziqishlari, o‘quv fanlarini o‘zlashtirish haqida tasdiqlangan tavsiyanoma.

Murojaat uchun telefonlar:
+998-90-557-57-67;+998-62-224-66-32
Manzil:     Urganch shahar 6- son maktab,   X.Olimjon ko'chasi 4 uy

Ulashish: