Close


URGANCH SHAHAR HOKIMI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETINING TALABALAR TURAR JOYIDAGI SHAROITLAR BILAN TANISHDI


2021-yil 13-fevral kuni Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev  Urganch davlat universitetining yangi barpo qilingan talabalar turar joyi bilan tanishdi. 

Ushbu talabalar turar joyi 2020-yilda byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 17.2 mlrd so‘mga, universitet hududida zamonaviy tipda  500 o‘ringa mo`ljallab  qurilgan bo`lib,  hozirda binoni jihozlash ishlari olib borilmoqda.

Talabalar turar joyida 72 o‘rinli oshxona, bundan tashqari talabalar uchun har qavatda 2 tadan oshxonalar, har qavatda madaniy dam olish xonalari va Axborot resurs markazi mavjud.  Shuningdek, xorijdan kelgan professorlar uchun 25 kishilik mehmonxona mavjud.

Ulashish: