Close


Rektor va yoshlar uchrashuvi


2021-yilning 17-fevral kuni UrDU rektori B.Abdullayev Tabiiy fanlar  fakultetining 1-kurs talabalari bilan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Y.Allaberganov  hamda fakultet dekani  X.Polvonov  hamrohligida uchrashuv o'tkazdi.

Rektor o'z chiqishida universitetda amalga oshirilayotgan modernizatsiya va moddiy texnik bazani mustahkamlash jarayonlari, universitetda amalga oshirilayotgan ishlar, o‘qish sharoitlari, TTJdagi sharoitlar haqida gapirib, shunga yarasha yashash madaniyatini shakllantirish, hudud va auditoriyalarni toza tutish, jihozlarni bus-butunligini saqlash, universitetda yaratilgan sharoitlarga munosib  darajada o‘qish  har bir talabaning burchi ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Y.Allaberganov yoshlarni diniy mutaassiblikdan asrash masalasiga to‘xtalib, Islom dini biror shaxs, guruh, mol-dunyoga nisbatan va obro‘-e’tibor topish uchun qilinadigan har qanday mutaassiblik va firqalarga bo‘linishni qoralaydi deya ta’kidladi.

Tabiiy fanlar fakulteti dekani X.Polvanov so‘nggi yillarda Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan fuqarolarning diniy huquq va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini chuqur singdirish, diniy va milliy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganini ta’kidladi.

​Shuningdek, bu borada talabalarning ham fikr va mulohazalari,  tashabbus va takliflari tinglandi. Uchrashuvda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Ulashish: