Close


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA “BIR ZIYOLI – BIR MAHALLAGA MA`NAVIY HOMIY” MAVZUSIDA SEMINAR O`TKAZILDI


2021-yilning 18-fevral kuni Urganch davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 19-yanvar kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining videoselektor tarzida o‘tkazilgan 3-sonli majlis bayonining 38-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida professor-o‘qituvchilar, yozuvchi, shoir, taniqli san’atkorlar va ziyolilar biriktirish hamda targ‘ibot tashviqot ishlarini tashkil etish yuzasidan seminar bo`lib o`tdi. Ushbu seminarda mahallalarga berkitilgan barcha professor-o`qituvchilar ishtiroki ta`minlanib, ZOOM platformasi orqali ham onlayn tashkil etildi. 

Seminarga universitet Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori  S.Davletov  moderatorlik qildi, shuningdek   “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida professor-o‘qituvchilarning biriktirilishi va ularning vazifalari haqida ma`ruza qildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilarining savollariga javob berdi.

Respublika ma`naviyat-ma`rifat markazi Xorazm viloyat bo`limi rahbari B.Abdirimov  so`zga chiqib, “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida targ`ibot, tashviqot ishlarini tashkil etishning uslubiy-tashkiliy asoslari haqida ma`ruza qildi. 

Seminar davomida “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi  mudiri, psixolog B.Nurullayevaning “Aholi bn muloqot qilishning ilmiy psixologik asoslari” mavzusidagi ma`ruzasi barchada katta qiziqish uyg`otdi. U mahallalarda ish olib boradigan professor o‘qituvchilarga  jamoa bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalar berdi, suhbatlarni tashkil qilish tamoyillarini yoritib berdi:  Xolislik, tinglovchilarni yoshiga moslik,  hayot bilan bog‘liqlik,  emotsionallik, shaxsiy namuna, individual ishlash bo‘yicha ko`rsatmalar berdi. Bu esa seminar ishtirokchilarga shaxsiy psixologik qo`llanma bo`ldi deb ayta olamiz.

Ulashish: