Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



“KORRUPSIYASIZ TAʼLIM” MAVZUSIDA RAHBARIYAT VA TALABALAR UCHRASHUVI


Oliy taʼlim muassasasida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining maqsad va vazifalari, tamoyillari, professor-oʻqituvchilar, xodim va talabalarning korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish yuzasidan majburiyatlari, bu illatni yuzaga keltiruvchi xavflar, sharoitlar va ularga qarshi choralar, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish kabi dolzarb masalalar yuzasidan bugun, 23-fevral kuni Urganch davlat universitetida Jismoniy madaniyat fakultetining birinchi kurs talabalari ishtirokida “Korrupsiyasiz taʼlim” mavzusida rahbariyat va talabalar uchrashuvi bo`lib o`tdi. 

Ushbu uchrashuvda universitet rektori B.Abdullayev, O`quv ishlari bo`yicha prorektor S.Xodjaniyozov, Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor S.Davletovlar so`zga chiqdi. 

Universitet rektori B.Abdullayev o`z so`zida korrupsiyaga qarshi kurashishda talabalarni faollikka chaqirib, qonunga muvofiq xulq-atvorda boʻlishlarini ta`kidladi. Universitet ichki tartib-tartib qoidalariga qat`iy rioya qilgan holda chuqur bilim olib, kelajakda o`z kasbini bilimdoni bo`lishlari uchun izlanishdan to`xtab qolmasliklarini aytib o`tdi.   Shuningdek, talabalarning savol va takliflari uchun rektorga to‘gridan to‘gri bog`lanish uchun @UrDU_Rektor botiga murojaat qilishlarini  ta`kidladi.  

Shuningdek, Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor S.Davletov bugungi kunda oliy ta`lim tizimida olib borilayotgan islohotlar hamda Urganch davlat universitetining ma`naviy-ma`rifiy hayotidagi o`zgarishlar, yangiliklar haqida ma`ruza qildi.

Uchrashuv davomida O`quv ishlari bo`yicha prorektor S.Xodjaniyozov so`zga chiqib, 2020/2021-oʻquv yilida Urganch davlat universitetini kredit-modul tizimiga oʻtganligini yana bir eslatib, ushbu tizimining tarixi, mazmun-mohiyati, ta`lim jarayonini tashkil etishda kredit-modul tizimining o`rni haqida talabalarga ma`lumotlar berib, bu borada  ularni qiynayotgan savollariga javoblar berdi.

Ulashish: