Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



KURASH SPORT TURI BO‘YICHA “VAZIR KUBOGI” RESPUBLIKA SPORT MUSOBAQASI


O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881-son qarori hamda oliy ta`lim muassasalari talaba-yoshlari o`rtasida kurash sport turini ommalashtirish maqsadida joriy yilning 3-mart kuni viloyatdagi oliy ta`lim muassasalari UrDU, TTA UF va TATU talaba-yoshlari o`rtasida Kurash  sport  turi   bo‘yicha  “Vazir   kubogi”  respublika    sport musobaqasining  Xorazm viloyat bosqichi  birinchiligi o`tkazildi. 

Musobaqa o‘g‘il  va qiz  bolalar  o‘rtasida   XKA sining  xalqaro  qoidalari asosida  o‘tkazildi. Unda respublika bosqichiga sportchi yoshlar saralab olindi. 

Musobaqaning  tantanali  ochilishida   Urganch davlat  universiteti  Yoshlar  bilan  ishlash  bo‘yicha  prorektor  S. Davletov, O‘zbekiston talabalar  sporti Assotsiasiyasining mintaqaviy  bo‘lim raisi  o‘rinbosari M. Qalandarov, Urganch  davlat  universiteti Jismoniy  madaniyat fakulteti   dekani dots. S. U.  Ko‘palovlar    so‘zga  chiqib  kurashchilarni  “Vazir   kubogi”  respublika    sport musobaqasining  Xorazm viloyat bosqichi  birinchiligi   musobaqasining  boshlanishi  bilan  samimiy  tabrikladilar  va  kurashchilarga  omadlar tiladi. Shuningdek, musobaqa  bosh  hakami X.  Meyliyev  ham  so‘zga  chiqib musobaqa   ishtirokchilarini  tabriklab, musobaqa o‘tkazish  tartib-qoidalari bilan  tanishtirdi.

Musobaqani  yopilish marosimida  musobaqa  g‘olib va  sovrindorlari O‘zbekiston talabalar  sporti Assosiasiyasining mintaqaviy  bo‘lim raisi  o‘rinbosari M. Qalandarov tomonidan  tegishli darajadagi  diplomlar  bilan  taqdirlandilar.

Ulashish: