Close
Skip to main content


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYIDA “BUGUNGI KUNDA TA’LIM SOHASIDAGI YANGI ISLOHATLAR” MAVZUSIDA MATBUOT ANJUMANI O`TKAZILDI


Bugun, 12-mart kuni   Urganch davlat universiteti Akademik litseyida “Bugungi kunda ta’lim sohasidagi yangi islohatlar” mavzusida Matbuot anjumani o`kazildi. Anumanda OAV vakillari hamda akademik litsey pedagog xodimlari ishtirok etdi. Anjumanga  Akademik litsey ijrochi direktori A.Qutlimuratov moderatorlik qildi. 

Anjumanda so`zga chiqqanlar, bugungi kunda barcha sohalar kabi ta’lim sohasida ham yangi islohatlar olib borilayotganligi, chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-4910-sonli qarori asosida akademik litseylar faoliyati tubdan o‘zgargani,  oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash uchun yaratilgan qo‘shimcha shart-sharoitlar, shuningdek, barcha fanlardan a’lo baholarga o‘qiyotgan bitiruvchi bosqich o‘quvchilaridan 10 nafari “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasi egasi bo`lgani haqida alohida ta`kidlandi.

Anjuman davomida har bir akademik litsey bitiruvchi o‘quvchilari kamida bitta xorijiy tilni puxta o‘zlashtirib chiqishi uchun UrDUning yetakchi 10 nafar xorijiy filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari jalb qilinib, qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari olib borilayotgani,  musiqa, tasviriy san’at va shaxmat-shashka to‘garaklari faoliyati, akademik litsey moddiy texnika bazasini yanada rivojlantirish uchun UrDUning  byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 1.2 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, ta’lim oluvchilar uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi ham qayd etildi. 

​

Bularning barchasi iqtidorli yoshlarni saralab, ularni qo‘llab-quvvatlash, ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatlarini  oshirish uchun xizmat qilmoqda. Matbuot anjumani ochiq muloqot tarzida o‘tib, ishtirokchilarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.