Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



Urganch davlat universitetiga Rossiya Federatsiyasi Smolensk davlat universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi


2021-yilning 13-aprel kuni Urganch davlat universitetiga Rossiya Federatsiyasining  Smolensk  davlat universiteti vakillari tashrif buyurdi. 

Ushbu delegatsiya a`zolari Smolensk davlat universiteti rektori, tarix fanlari nomzodi Artemenkov Mixail Nikolayevich, Tarix va huquq fakulteti dekani, tarix fanlari doktori, professor  Uvarov Igor Arturovich, Filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Kovaleva Valentina Sergeyevnalarni  UrDU rektori B.Abdullaev, O’quv ishlar  bo’yicha prorektor S.Xodjaniyazov, Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor S.Davletov, Xalqaro hamkorlik bo`yicha prorektor G’.O’razboyev, hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor Z.Ibragimov  hamda  fakultet dekanlari  kutib oldi. 

Uchrashuvda UrDU rektori universitetning xalqaro hamkorliklari, qo’shma ta’lim dasturlari va imkoniyatlari  to’g’risida ma’lumotlar berdi. Shuningdek, prorektorlar  ilmiy tadqiqot ishlari, iqtisodiyot, tarix, filologiya ta’lim sohalarida hamkorlik aloqalari, professor-o`qituvchilar va talabalar almashinuvini yo`lga qo`yish bo’yicha  istiqboldagi hamkorlik  haqida muzokaralar olib bordilar.

 

Ulashish: