Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



Xorazm viloyatidagi 3 ta oliy ta'lim muassasasi talabalari o'rtasida 5 ta muhim tashabbus doirasida sport musobaqasi tashkil etildi.


Bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Urganch davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti hamda universitet Talabalar Kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi, O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashining 2020-yil 23-fevraldagi “Yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarning ijrosining borishi to‘g‘risida”gi 10-sonli kengaytirilgan majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida 5 ta muhim tashabbus doirasida sportning shaxmat turi bo‘yicha viloyat oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida viloyat birinchiligi o‘tkazildi.

Unda umumiy hisobda 60 nafardan ortiq talabalar faol ishtirok qildilar. Musobaqa yakunida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor S.Davletov ishtirok qilib, musobaqa g‘oliblarini tabrikladi. Shuningdek, uchta oliy ta'lim muassasasi o‘rtasidagi bu kabi hamkorlik aloqalari yanada mustahkam bo‘lishiga ishonch bildirib o‘tdi.

anlov yakunlari bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida:

1-o‘rin: Hakimov O‘lmasbek- UrDU Fizika-matematika fakulteti talabasi

2-o‘rin: Fayzullayev Ikrom - TATU Urganch filiali talabasi

3-o‘rin: Polvonov Shahzod-TTA Urganch filiali talabasi

Qizlar o‘rtasida:

1-o‘rin: Hakimova Dilxiroj- UrDU talabasi

2- o‘rin: Odamboyeva Aziza-UrDU talabasi

3-o‘rin: Hakimova Zavqiya-UrDU talabasi 

Musobaqa g‘oliblari Urganch davlat universiteti tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Musobaqa yakunida ishtirokchilar o‘z-fikr mulohazalarini bildirib o‘tdilar. "Tanlov yuqori kayfiyat va murosasiz kurash ruhida o‘tdi. Har birimiz g‘oliblik uchun kurash olib bordik. Bu kabi tanlov va musobaqalar yanada ko‘proq bo‘lishini istardik. Musobaqani tashkillashtirishda tashabbuskorlik qilgan Urganch davlat universitetiga o‘z minatdorchiligimizni bildiramiz",- deb ta'kidladi TATU Urganch filiali talabasi Fayzullayev Ikrom.

Ulashish: