Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



Sog’lom oila - sogʻlom jamiyat asosi

Bugun, 28-may kuni Jismoniy madaniyat fakulteti sport zalida Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va ularning farzandlari o‘rtasida 1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag’ishlab  “Sog’lom oila - sogʻlom jamiyat asosi” shiori ostida sportning halqa aylantirish, futbol to’pi darvozaga, armrestling, arqon tortish va badminton turlari boʻyicha sport musobaqasi boʻlib oʻtdi. 

Musobaqalarda ishtirokchilar birinchilik uchun qizgʻin kurash olib bordilar. Musobaqa yakunida gʻoliblar aniqlandi va unga koʻra, Jismoniy madaniyat fakulteti oʻqituvchisi H.Bekmanovaning  oilasi 1-oʻrinni, Tabiiy fanlar fakultetidan R.Kuryazovning oilasi 2-oʻrinni, Tabiiy fanlar fakultetidan S.Sadikovaning oilasi 3-oʻrinni va Pedagogika fakultetidan S.Erjanovaning oilasi esa 4-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Musobaqa gʻoliblari va barcha ishtirokchilar Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Musobaqa juda qiziqarli yakunlanib, bolajonlarda yaxshi taassurot qoldirdi.

urdu.uz, Sog’lom oila - sogʻlom jamiyat asosi

urdu.uz, Sog’lom oila - sogʻlom jamiyat asosi

urdu.uz, Sog’lom oila - sogʻlom jamiyat asosi

Ulashish: