Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



“Navoiyni yod etib”

Yig’ilishni kafedra mudiri dotsent S.Babajanova ochib berar ekan, kun tartibidagi masala yuzasidan to’xtalib o‘tdi. Unga ko’ra 9-fevral - hazrat Alisher Navoiy tavallud topgan kun.  Bugun ushbu sana munosabati bilan respublikamizning barcha hududlarida bo’gani kabi Urganch davlat universitetining barcha fakultetlarida adabiyotshunoslar, shoir va yozuvchilar ishtirokida maʼnaviy-maʻrifiy tadbirlar tashkil etilganligi va ushbu tadbir fakultetda ham keng nishonlanganligini ta’kidlab o’tdi.

 Keyin Tabiiy fanlar fakulteti tyutori R.Matchanov, “Ekologiya va HFX” kafedrasi dotsenti A.Masharipovlar so’z olib, Novoiyning hayoti va ijodi hamda uning ma’naviy merosi haqida to’xtalib o’tdilar.

Shundan so‘ng, Ekologiya yo’nalishi 3-bosqich ijodkor talabalari faol chiqish qilib, hazrat Navoiyning hayoti va ijodi, betakror asarlari, bu boradagi ilmiy izlanishlar va badiiy mulohazalarini bildirishdi,Navoiyning ruboiy va g’azallaridan namunalar o’qib eshittirdilar. Tadbir badiiy va mazmun jihatdan mazmunli va qiziqarli tarzda o’tkazildi.

Ulashish: