Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



1-APREL – XALQARO QUSHLAR KUNI

UrDU Tabiiy fanlar fakultetida "Butunjahon qushlarni himoya qilish" kuniga bag'ishlab, qushlar bayrami tashkil qilindi.Mamlakatimiz yoshlarida ona tabiatga mehr-muhabbat tuygʻusini kuchaytirish va qushlar olamiga qiziqishni oshirish maqsadidagi ushbu bayram bellashuv shaklida boʻlib, unda Biologiya yoʻnalishi talabalarining "Jannat qushlari",  "Humo qushlari" hamda Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yoʻnalishi talabalarining "Qaldirgʻoch" jamoalari 5 ta shart asosida oʻzaro kuch sinashdilar.

Tadbir kuzatuvchilari yurtimizda tarqalgan qushlarning turlari, xilma- xil koʻrinishlari, ularning morfologiyasi va tarqalishi, oziqlanishi, koʻpayishi toʻgʻrisida koʻplab qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldilar.Bellashuvda Ekologiya yo'nalishining “Qaldirg'och” jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Ulashish: