Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Roman - german filologiyasi " kafedrasida 21-noyabr kuni 449-xonada navbatdagi ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi.

Seminarda "Roman - german filologiyasi" kafedrasi  stajor-o'qituvchisi Qilicheva Shahlo Marksovnaning "Chet tilini o'rgatishda sun'iy intellekt ilovalaridan unumli foydalanish"  mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.

Seminarda sun’iy intellektga asoslangan platformalar, o‘qitish dasturlari va interaktiv ilovalar yordamida til o‘rganuvchilarning mustaqil ishlash, tahlil qilish va amaliy qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishning samarali yo‘llari yoritib berildi.

 Shuningdek, sun’iy intellekt vositalarining o‘quv jarayonini individuallashtirishdagi, til o'rganuvchilarning qiziqishi va motivatsiyasini oshirishdagi ahamiyati amaliy misollar bilan tushuntirildi.

Kafedra professor-o'qituvchilari mavzu bo'yicha o'z fikr va mulohazalarini bildirdilar.  Ilmiy-uslubiy seminar qizg'in bahs-munozaralarga boy bo'ldi.

Ulashish: