Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining Matematika fani bo‘yicha olimpiadasi bo`lib o`tdi.

2021-yil 28-yanvar kuni Urganch davlat universiteti, O‘zR FA Matematika instituti Xorazm viloyati bo‘limi, Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati bo‘limi hamkorligida umumta’lim maktablari o‘quvchilarining Matematika fani bo‘yicha  olimpiadasi bo`lib o`tdi. 
Ushbu Olimpiadada jami 79 nafar maktab o`quvchilari 3 guruhga ajralgan holda ishtirok etdilar. 

Natijalarga ko`ra:
A guruhdan 20 nafar o`quvchining ichidan Qo`shko`pir tumani 4 –IMIning 5-sinf o`quvchisi Rajabboyev Rasulbek Jasur o‘g‘li 1-o`rin, Tuproqqal`a tumani  1-IMIning 5-sinf o`quvchisi Azadov Sanjarbek 2-o`rin, Xiva tumani 4-sonli maktabning 6-sinf o`quvchisi Abdrimov Bunyod Bahodir o`g`li 3-o`rin sohibi bo`ldi. 

B guruhdan 43 nafar o`quvchining ichidan Yangiariq tumani 38-sonli maktabning 8-sinf o`quvchisi Boltayev Bahriddin Dilshod o`g`li 1-o`rin, Bog`ot tumani 30-sonli maktabning 7-sinf o`quvchisi Egamberdiev Maqsad 2-o`rin, Xazorasp tumani 1-son IMIning 7-sinf o`quvchisi Umarjonov Shoxrux 3-o`rinni egalladi. 

C guruhdan 20 nafar o`quvchining ichidan Qo`shko`pir tumani 1-IMIning 10-sinf o`quvchisi Nurjanov Navro'zbek Ulug'bek o'g'li 1-o`rin, Yangiariq tumani 39-IDUMning 10-sinf o`quvchisi Xudoyberganov Murodbek Qudrat o`g`li 2-o`rinni, Qo`shko`pir tumani 52-sonli maktabning 10-sinf o`quvchisi Qadamboyev Maqsad Muzaffarovich 3-o`rin sohibi bo`ldi.

Eng original yechim taqdim qilgan o`quvchilar:
Masharipov Anvarbek (Xazorasp tumani 1-IMI)
Baxtiyarov Sirojbek (Bog`ot tumani 3-IMI)
Rustamov Sanjar (Xonqa tumani 17-sonli maktab)

G`oliblar Urganch davlat universitetiO‘zR FA Matematika instituti Xorazm viloyati bo‘limi, Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan diplom, faxriy yorliq hamda esdalik sovg`alar bilan taqdirlandi. 

Ulashish: