Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



“XORAZM ARXEOLOGIK-ETNOGRAFIK YOSHLAR EKSPEDITSIYASI” O`Z ISHINI BOSHLADI

Xorazm viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida Xorazm vohasining arxeologik madaniyati va tarixini hamda arxeologik obyektlarini o‘rganish ishlariga yoshlarni keng jalb qilish maqsadida “Xorazm arxeologik-etnografik yoshlar ekspeditsiyasi”si uyushtirildi.

Xorazm Ma’mun akademiyasi va Urganch davlat universiteti tomonidan ishlab chiqilgan qo‘shma Dasturga muvofiq, “Xorazm arxeologik-etnografik yoshlar ekspeditsiyasi” joriy yilning 1-30 aprel kunlari Bog‘ot tumani “Qal’ajiq-qal’a” yodgorligida arxeologik dala-qidiruv ishlarini olib borish va qazishmalar ishlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

2021-yilning 1-aprel kuni Xorazm Ma’mun akademiyasi, Yoshlar agentligi vakillari, mazkur ekspeditsiyaga qiziqqan yosh olimlar xususan, Urganch davlat universitetining 191-181 –Arxeologiya yo`nalishining talaba-yoshlari ekspeditsiya o`tkaziladigan hududga borib joylashdilar.


Ulashish: