Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию


        Akademik mobillikni muvofiqlash va talabalar bilan ishlash bo‘limi (registrator ofisi) 2023-yil 4-sentabrdan o‘z faoliyatini boshladi. Hozirda mazkur bo‘limda 21 ta hodim faoliyat olib bormoqda. Bo‘limda talabalarga 10 ta bosh mutaxassis, 3 ta 1-toifali muxandis, 2 ta inspektor va 5 ta dispetcher hizmat ko‘rsatib kelmoqda:

        Registrator ofisida talabalarga quyidagi xizmatlar ko’rsatiladi:

1. Talabalarni fanlarga biriktirish;
2. Akademik guruhlarni shakllantirish;
3. Talabalarni diplom va ilovalarini berish;
4. Talabalarga transkript ma’lumotlarini taqdim etish;
5. Elektron tizimga talabalarni kiritish va ma’lumotlarni taxrirlash;
6. Akademik mobillik bilan bog’liq bo’lgan xujjatlarni yuritish;
7. O’qishni ko`chirish va qayta tiklash bilan bog’liq xujjatlarni yuritish;
8. Talabalarga o`qishi to’g’risidagi ma’lumotnomani taqdim etish;
9. Uzrli sabablar bilan qoldirilgan darslar uchu asoslarni qabul qilish va tizimga kiritish;
10. Talabalarning GPA ko’rsatkichlarini hisoblash;
11. Birinchi kursga qabul qilingan talabalar xujjatlarini yig’ma jildini shakillantirish;
12. Talabalar uchun shartnoma shakllantirish;
13. Dars jarayonlari sifatini monitoring qilish, dars tahlillari va nazoratlar;
14. Universitet to‘g‘risida ma’lumot berish;
15. Fanlar katalogi to‘g‘risida ma’lumot berish;
16. Masofaviy ta’lim portali (Moodle) bilan bog‘liq muammolarni xal qilish;
17. O`qishni ko`chirgan talabalarni yig`ma jildlari bilan ishlash;

        Kelajakda akademik mobillikni muvofiqlash va talabalar bilan ishlash bo‘limi o‘z faoliyatini kengaytirib, talabalar uchun yanada ko‘proq hizmat faoliyatlarini ko‘rsatishni rejalashtirmoqda

 

Murojaat uchun: +998-62-224-66-13