Urganch davlat universiteti Iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi faoliyati
Iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi 2019-2020 o‘quv yilida tashkil etilgan bo'lib, o‘z Nizomi va bo‘lim rejasiga ega. Undan oldingi yillarda iqtidorli talabalar bo‘limi ma’naviyat bo‘limi tarkibida faoliyat olib borgan. Bo‘lim o‘z faoliyati davomida iqtidorli talabalarni tanlash mezonini ishlab chiqish, fakultetlarda iqtidorli talabalar bilan ishlash faollarini tayinlash va ular yillik rejalarini ishlab chiqish bilan boshlaydi. Belgilangan indikatorlar asosida dekanlar tavsiyalari asosida a’lochi, jamoat ishlarida faol va alohida iqtidorga ega talabalar tanlab olinadi. Universitetimizda iqtidorli talabalarni izlab topish, qo‘shimcha ravishda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish va ilmiy izlanishlarni malakali ravishda amalga oshirishlarini ta’minlash hamda ularning Prezident va Davlat stipendiyalari tanlovlariga, Respublika Fan olimpiadalariga yuqori darajada tayyorlash, turli chet el va mahalliy grantlarga jalb qilish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshiriladi.
Universitetimizda gender tengsizligi masalalariga alohida etibor qaratiladi. Jumladan iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limida Xotin-qiz talabalarni qo‘llab quvvatlash, ularni iqtidorlarini keng namoyish qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib kelinmoqda. Buning natijasida olima, san'atkor va sportsmen qizlarimizning izlanishlari universitetimiz ma’muriyati tomonidan alohida taqdirlanadi.
2019-2020 o‘quv yilida 221 nafar talabalarga Iqtidorli talaba maqomi berilgan bulsa, 2020-2021 o‘quv yilida 212 nafar talabaga iqtidorli talabalar maqomi berildi. O‘tgan o‘quv yilida iqtidorli talabalar 10 foizlik ustama bilan rag‘batlantirilgan bo‘lsa, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab Univerisitet rektorinirng 2020 yil 22 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31yanvardagi 59-son “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 fevraldagi 97-son buyrug‘i hamda 2020 yil 22 fevraldagi Universitet Kengashi №7-sonli yig‘ilishining bayonida belgilangan “Urganch davlat universitetida talabalarni rag‘batlantirish Kengashini tashkil etish va talabalarni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” qaroridagi vazifalar ijrosini ta’minlash, universitetda o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlarni o‘zlashtirayotgan, iqtidorli, jamoat ishlarida faol bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talabalarni moddiy rag‘batlantirish, ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni yanada samarali yo‘lga qo‘yish maqsadidagi №126 –B sonli buyrug‘i asosida joriy o‘quv yilining kuzgi semestri davomida 103 nafar talabadan xujjat kelib tushdi va shundan 67 nafariga ustama foiz belgilangan bo‘lsa, bahorgi semestri bo‘yicha 148 nafar talabadan xujjat kelib tushdi. Bundan tashqari universitetda xalqaro va respublika sport va turli xil tadbirlarda sovrinli o‘rinlarni olgan 19 nafar talaba bazaviy stipendiyaning belgilangan barobarlarida rag‘batlantirildi. 2019-2020 o‘quv yilida 38 nafar talaba Respublika fan olimpiadasini sovrinli o‘rinlarni egallab, respublikada sovrindorlar ko‘rsatkichi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladilar. Talabalar va ularning ilmiy rahbarlari ham belgilangan mezonlar asosida rag‘batlantirildilar.
Universitet rahbariyati tomonidan iqtidorli talabalar va ularning ilmiy rahbarlarini qo‘llab-quvvatlash, universitetdagi iqtidorli talabalar bilan ishlashni yanada takomillashtirish, ularga o‘z bilimlarini namoyon etish va rivojlantirishga keng imkoniyalar yaratilgan. Har bir iqtidorli talabaga Ustoz-shogird nizomiga asosan ilmiy rahbar berkitilgan bo‘lib, o‘zlari qiziqqan ilmiy mavzular asosida tadqiqotlar olib bormoqdalar. O‘z ilmiy tadqiqotlari natijalarini nufuzli xalqaro va mahalliy jurnal va konferensiyalarda chop qilib kelmoqdalar. Jumladani 2019 yilda 56 ta, 2020 yilda esa 225 ta maqola va tezislar chop qilingan. Shulardan 6 tasi Scopus bazasiga kirgan jurnallarda chop qilingan. Iqtidorli talabalarimiz tomonidan 4 patent qo‘lga kiritildi. Bundan tashqari talabalarimiz Oliy ta’lim vazirligi, “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Innovatsion vazirlik tomonidan e’lon qilinib kelayotgan turli xil maqolalar tanlovlarida o‘zlarining maqolalari bilan ishtirok qilib kelmoqdalar.
Iqtidorli talabalarimiz loyiha va startaplar tayyorlash bo‘yicha universitetda va Innovatsiya vazirligi, Yoshlar agentligi tomonidan olib borilayotdagan davra suhbatlari, loyihalar tanlovlarida 11 ta loyiha bilan ishtirok qilishdi. Hozirgi kunda bu loyihalar tegishli tashkilotlar tomonidan moliyalashtirish bo‘yicha o‘rganilmoqda. Bunddan tashqari 7 nafar talabalar jamoasi Innvotsiya vazirligi tomonidan tashkil qilingan Yosh akademiklar saytida G‘oyalar platformasida ro‘yxatdan o‘tdilar.
Universitetimizda iqtidorli talabalarni O‘zbekiston Respeblikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va Davlat stipendiyalari tanlovlariga jalb qilish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Talabalarni test sinovlariga va Oliy ta’lim vazirligida bo‘lib o‘tadigan suhbatga tayyorlash uchun professor-o‘qituvchilar jalb qilingan holda o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilindi. 2019-2020 yillar davomida Universitetda jami 46 nafar talaba Davlat stipendiasini va 8 nafar talaba Prezident stipendiyasini qo‘lga kiritdi. Shundan 2019-2020 o‘quv yili uchun 10 nafar talabalar, jumladan: 1ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, 3 ta Navoiy Davlat stipendiyasi, 2 ta Ulug‘bek Davlat stipendiyasi, 1 ta Beruniy Davlat stipendiyasi , 1 ta Islom Karimov Davlat stipendiyasi va 2 ta Akademik T. Sarimsaqov nomidagi stipendiyalarga sozovor bo‘ldilar.
2021 yil kuzgi semestr davomida Urganch davlat universitetida o’quv semestri yakuni bo’yicha fanlarni o’zlashtirayotgan, iqtidorli, jamoat ishlarida faol bo’lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan talabalarni moddiy rag’batlantirish buyicha belgilangan ustamalar:
Urganch davlat universiteti Iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi faoliyatining Moddiy rag‘batlanishga da’vogar talabaning hujjatlari
1.Rag'batlantirish kengashining buyruqi https://urdu.uz/user_files/user_85/220412-235350.png
2.Nizom 1-ilovahttps://urdu.uz/user_files/user_85/220412-235529.png
3.Nizom 2-ilova https://urdu.uz/user_files/user_85/220412-235832.png
4.Nizom 3-ilova https://urdu.uz/user_files/user_85/220412-235928.png
5.Nizom 4-ilovahttps://urdu.uz/user_files/user_85/220413-000014.png
6.Nizom 5-ilova https://urdu.uz/user_files/user_85/220413-000109.png
7.Nizom 6-ilova https://urdu.uz/user_files/user_85/220413-001102.png