Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию


Urganch davlat universiteti xalqaro aloqalar bo`limi 2000 yilda tashkil qilingan bo`lib, unga B.Hikmetov (2000 - 2002 yy.), Z.Ibragimov (2002 - 2007 yy., 2015 y. avgustdan), M.Masharipov (2007 - 2009 yy.), J.Boltaev (2009 - 2012 yy.), L.Gandjaeva (2013 y.), R.Ataxanov (2012 y., 2014 - 2015 yy.) lar bo`lim boshlig`i lavozimida ishlaganlar. O`tgan 15 yil mobaynida bo`lim tomonidan Evropa Ittifoqi Davlatlari, AQSh, Hindiston, Koreya Respublikasi, Malayziya kabi ko`plab davlatlar hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Evropa Ittifoqi Komissiyasining ta’lim va madaniyat agentligi va boshqa bir qancha xalqaro tashkilotlar bilan o`zaro ta’lim, ilmiy ishlar va tajriba almashish bo`yicha hamkorlik yo`lga qo`yildi. Ushbu hamkorliklarning natijasida bugunga kelib universitetda umumiy qiymati 15 mln AQSh dollari atrofida 30 tadan ortiq katta va kichik loyihalar amalga oshirildi, 200 nafardan ortiq professor-o`qituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalar rivojlangan davlatlar universitetlari va ilmiy markazlarida tajriba almashib, malaka oshirib, taxsil olib qaytdilar. Bundan tashqari, 100 nafardan ortiq xorijlik yuqori martabali mehmonlar (elchilar, universitet rektorlari, davlat arboblari, yozuvchi va shoirlar), olimlar, o`qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, ko`ngillilar, talabalar va hamkorlik tashkilotlari xodimlari universitetga tashrif buyurdilar. Shu o`rinda BMT ning YUNESKO va Rivojlantirish Dasturi, Evropa Ittifoqining TEMPUS, Erasmus Mundus, Erasmus plus, Janubiy Koreya Respublikasining KOICA (Koreya Xalqaro Hamkorlik Tashkiloti), Germaniyaning DAAD (Germaniya Akademik Almashuv Tashkiloti) va GIZ (Germaniya Xalqaro Xamkorligi) AQSh, Frantsiya, Germaniya davlatlarining O`zbekistondagi elchixonalari va Madaniy markazlarini alohida ta’kidlab o`tish joiz. Bundan tashqari, AQSh ning Kaliforniya Davlat universiteti bilan imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan 2014 yil 20 - 23 may kunlari Fullerton shahridagi Kaliforniya Davlat universiteti olimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan AQSh-O`zbekiston olimlarining 1-chi xalqaro konferentsiyasi universitetlar o`rtasidagi hamkorlikni yanada yuqori darajaga ko`tardi va ushbu konferentsiyani 2017 yilda UrDUda o`tkazishga kelishildi. Bundan tashqari, ikki universitet olimlari hamkorlikda AQSh talabalarini yozgi ta`tilda Urganch Davlat universiteti olimlari bilan ilmiy ish qilishi va O`zbekiston tarixini o`rganishi bo`yicha Amerika Milliy Fan Jamg`armasiga (National Science Foundation) loyiha taqdim qildilar. Hozirgi kunda universitet Evropa Ittifoqining Erasmus plus dasturining “International credit mobility” doirasida Ispaniyaning Las Palmas, Italiyaning Peduya, Latviyaning Latviya universiteti, Xorvatiyaning Zagreb universitetlari bilan hamkorlik qilmoqda. Bundan tashqari, Erasmus plus dasturining “Capacity building” dasturi doirasida Ispaniyaning Santiyago De Kompostella universiteti bilan “Establishment of Computing Centers and Curriculum Development in Mathematical Engineering Master program (ECCUM)” loyihasi doirasida hamkorlik qilmoqda. Kelajakda xalqaro aloqalar bo`limi universitetning xalqaro hamkorliklari ko`lami va geografiyasini yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda.