Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



O‘zbekiston Ekologik partiyasi rahbari va Oliy Majlis deputatlarining UrDU talabalari bilan uchrashuvi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi N.Oblomuradov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati K.Jumaniyozovlar UrDU ga tashrif buyurib talabalar bilan uchrashdi (6.03.2021 y.). Tadbirda UrDU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.Xodjaniyazov, “Ekologiya va HFX” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, KRASS Agromaslahat markazi xodimlari va talabalar qatnashdi.
Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi N.Oblomuradov so‘z olib yig‘ilganlarga partiyaning bugungi faoliyati, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar hamda Xorazm viloyatida Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi borasidagi ishlar borasida to‘xtalib o‘tdi. U o‘z so‘zida viloyatga tashrif chog‘ida partiya faollari bilan bo‘lib o‘tgan muloqot va uchrashuvlar, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi viloyat bo‘limi bilan bo‘lib o‘tgan muloqot va o‘zaro hamkorlikdagi ishlar, Xorazm Milliy tabiat bog‘iga qilingan sayohat, Urganch tumanidagi chiqindilarni qayta ishlash korxonasiga qilingan tashrif va boshqa masalalar bo‘yicha ma'ruza qildi. 
Eng asosiy masala bugungi atrof-muhit muhofazasi borasidagi ishlarning samaradorligi albatta jamiyatning ekologik madaniyatiga bog‘liqligi tadbirda takror ta'kidlandi. Bu borada yoshlarning o‘rni, pedagoglarning sohadagi kadrlarni tayyorlashdagi faoliyatlariga ham to‘xtalib o‘tdi.
Keyin O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati K.Jumaniyozov so‘z olib, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi borasida qabul qilingan qonun va qarorlar, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, ularning jamiyatga tadbiq etish, aholini ekologiya va atrof-muhit muhofazasi borasidagi huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilishini kuchaytirish maqsadida joylarda targ‘ibot va tashviqot ishlarini keng yo‘lga qo‘yilishi borasida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, U o‘z so‘zida bu jarayonlarda yoshlarni faollika chaqirib, ularning fikrlari muhimligini ta'kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng bir guruh professor-o‘qituvchilar va talabalarning soha faoliyatiga doir taklif va mulohazalari eshitildi. Ularni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.  Uchrashuv baxs munozaralarga, qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda va albatta ko‘tarinki ruxda bo‘lib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida Ekologik partiya rahbarining talabalarga esdalik sovg‘alari (faol talabalarga kitoblar ulashildi) topshirildi.

 

Ulashish: