Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIGA HINDISTON DELEGATSIYASI TASHRIF BUYURDI

Joriy yilning 15-mart kuni Hindistonning O’zbekistondagi Favqulotda va muxtor elchisi Mr.Manish Prabxat  boshchiligidagi delegatsiya Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlar UrDU rektori B.Abdullayev boshchiligida Xalqaro aloqalar bo`limi vakillari hamda Xorijiy filologiya fakulteti professor-o`qituvchilari tomonidan kutib olindi.

Tashrif davomida, Hindiston o‘quv xonasining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu o`quv xona Xorijiy filologiya fakultetida joylashgan bo`lib, u yerda innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar, Hindiston madaniyati, urf-odatlari talabalarimiz tomonidan o`rganilishi yo`lga qo`yildi.

Mehmonlar Hindiston o‘quv xonasida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar bilan tanishdilar.  Shuningdek, universitet talabalari va professor-o‘qituvchilar tomonidan mehmonlar uchun Xorazm lazgisi va  hind raqsi   ijro etildi.

Ochilishi marosimidan so‘ng, universitet rahbariyati va elchixona vakillari madaniyat, ilmiy-innovatsion tadqiqotlar,  ta’lim sohalarida hamkorlik aloqlari hamda istiqboldagi rejalar haqida  muzokaralar olib bordi. Uchrashuv so'nggida har ikki tomon bir-biriga esdalik sovg`alar ulashdi.

Ulashish: