Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch Davlat universiteti va Germaniyaning Münster universiteti o'rtasidagi hamkorlik

2020-yilda Urganch davlat universiteti “Roman-german filologiyasi” kafedrasi hamda Germaniyaning Münster shahridagi Vilhelm nomidagi Vestfaliya universiteti (WWU Münster) bilan hamkorlik memorandumini imzolangan edi.

Ayni kunlarda ushbu memorandum doirasida kafedra mudiri Gulnora Abdullayeva va Arslon Matkarimovlar malaka oshirish, Germaniya oliygohidagi ta’lim standartlari, o’quv jarayoni bilan tanishish, ilmiy stajirovka o’tash maqsadida Germaniyaning Münster shahrida bo'lib turmoqda.

Shuningdek, Filologiya va tillarni o'qitish (nemis tili) ta'lim yo'nalishi 3-kurs talabasi Gulmira Rahimberganova ham ushbu dastur asosida 2021-2022 o'quv yili bahorgi semestrni Münsterda o'qimoqda. 

Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad hamkor tashkilot mutaxassislari bilan birgalikda "Interkulturelle Kommunikation" ("Madaniyatlararo muloqot") fani bo'yicha yaratilayotgan darslik loyihasi ustida ishlash va talabalarimiz, professor-o’qituvchilar uchun kerakli o'quv adabiyotlarini olib kelish, mustaqil ta’lim qanday qilib tuzilishi, o’qitilishi va uni Moodle platformasiga integratsiya qilishni o’rganishdan iborat.  Shu bilan birga Münster universtitetidagi o'quv rejalar va o'quv dasturlar o'rganilmoqda va ulardan kelgusida Urganch davlat universitetida foydalanish ko'zda tutilgan. 

 

Bundan tashqari, kelajakda UrDU, TerDU, BuxDU va Münster universiteti o’rtasida o’quv va ilmiy sohada hamkorlik tarmog’ini shakllantirish va ushbu tarmoq doirasida nemis tili o’qitish sifatini oshirish, ilmiy ishlar bo’yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Tashrif doirasida o’qituvchilarimiz uchun “Interaktive Kompetenz” (“Interaktiv Kompetensiya”) mavzusidagi 2 kunlik seminar-treningi o’tkazildi.

Tashrif asnosida Münster universiteti bilan ilmiy hamkorlik qilish, jumladan, qator professor-o'qituvchi va tadqiqotchilarning, amaliyotchi talabalarning Urganch davlat universitetida dars o'tishlari va amaliyot o'tashlari masalasi muhkama qilinmoqda. Kafedra yosh tadqiqotchilari uchun ilmiy hamkorlikka yo'l ochish maqsadida Prof. S.Reuvekamp va Prof. S.Günthner bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Shuningdek, Arslon Matkarimov Urganch davlat universiteti va Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ta’sis etilgan stipendiya bo’yicha “Ilmiy stajirovka” doirasida o'z ilmiy tadqiqoti uchun ilmiy rahbar, ilmiy yo’nalish hamda ilmiy ish mavzusini aniqlash maqsadida ham mazkur universitetda boʻlib turibdi.

Ulashish: