Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



“Kitobxon talaba”

             Bugun, 11-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida talaba-yoshlarning kitobga bo'lgan mehrini yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini yoshlar orasida keng targ'ib qilish maqsadida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining final soni bo'lib o'tdi. Unda Filologiya va san’at fakulteti professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok qildi.Tanlovda ishtirokchilar rus adabiyotidan I.S.Turgenevning "Накануне", I.A.Goncharovning "Обычной истории", F.M.Dostoyevskiyning "Братьям Карамазовым" asarlari bo'yicha bellashdilar o'zbek adabiyotidan Ahmad A’zamning “Ro'yo yoxud Gulistonga safar”, Erkin SamandarningSulton Jaloliddin”, Tog'ay Murodning “Ot kishnagan oqshom”, Said Ahmadning “Hijron kunlarida” asarlari bo'yicha bellashdilar.

            Tanlov ikki bosqich asosida o'tkazildi. 1-bosqich "Annotatsiya mahorati", 2-bosqich "Targ'ibot" sharti hisoblanib, ushbu shartlar davomida moderator tomonidan tavsiya etib borilgan kitoblarning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati to‘g‘risida ishtirokchilar o'z sharhlarini bayon etib, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini targ‘ib etish jarayonini amalga oshirdilar.Tanlov ishtirokchilarining chiqishlari hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholanib borildi.Tanlov natijalariga ko`ra, Filologiya va tillarni o`qitish:rus tili ta`lim yo`nalishi 221-guruh talabasi Ataxanova Y. g`oliblikni qo`lga kiritdi.Tanlov yakunida UrDU rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov, birinchi prorektor D.Ibadullayev hamda  Filologiya va san'at fakulteti dekani D.G'ayipovlar so'zga chiqib, kitobxonlik hamda kitobning inson ma'naviy olamidagi ahamiyati haqida fikr yuritishdi, bu borada talabalarning muvaffaqiyatlarini e'tirof etishdi. Shuningdek, "Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining final soni g'oliblarini munosib taqdirlashdi.

 

Ulashish: