Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Xalqaro hamkorlik

Germaniya Gyote institutining O’zbekistondagi filliali va yangi hamkor universitetlar bilan nemis tilini o'qitishni o'rganish dasturini tadbiq qilish bo’yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi

O’zbekistondagi Gyote instituti bugungi kunda "Nemis tilini oqitishni organish (DLL)" dasturini 6 ta oIiy ta’lim muassasalarida shartnoma asosida yuritib kelmoqda va mazkur Ioyiha doirasida nemis tilini mutaxassislik fani sifatida o’qitilishi bo’yicha Urganch davlat universiteti bilan 2020-2021 o’quv yilidan buyon samarali hamkorlik qilib kelmoqda. 

Shuningdek, bugungi kunda yosh nemis tili o'qituvchilariga bo'lgan talabni inobatga olib, universitetlarda tahsil olayotgan yosh kadrlarni zamonaviy pedagogika va metodika sohasidagi dolzarb yangiliklar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida mazkur hamkorlik memorandumini imzolash rejalashtirildi. Ushbu marosimda Urganch davlat universitetining O'quv ishlari bo’yicha prorektori, professor Sardor Xodjaniyozov  va Xorijiy filologiya fakulteti "Roman-german filologiyasi" kafedrasi mudiri Gulnora Abdullayevalar ishtirok etishdi.  Marosimda Urganch davlat universiteti o’quv ishlari bo’yicha prorektori universitetda o’tgan uch yil davomida DLL loyihasi doirasida erishgan yutuqlar bilan yangi hamkor universitetlarni tanishtirdi.  So’ngra yangi hamkor universitetlar bilan shartnomalar imzolandi va nemis tili o'qituvchilarining uslubiy va til ko'nikmalarini yanada takomillashtirish, zamonaviy o'quv dasturlarini ta'lim jarayoniga joriylashtirish kabi masalalar kelishib olindi.

Marosim yakunida hamkor barcha universitet vakillariga Gyote instituti tomonidan sovg’alar ulashildi. 

Ulashish: