Close


UMUMTA’LIM MAKTABLARI O‘QUVCHILARINING MATEMATIKA FANI BO‘YICHA XOTIRA TURNIRI


Bugun, 2021-yil 5-iyun kuni Urganch davlat universitetida umumta’lim maktablari o‘quvchilarining Matematika fani bo‘yicha  xotira turniri bo`lib o`tmoqda.
Xotira turniri 1966-1995-yillarda Xorazm davlat pedagogika instituti (hozirgi Urganch davlat universiteti) da samarali mehnat faoliyatini olib borgan matematik olim, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ismoil Abdullayev xotirasiga bag‘ishlab o`tkazilmoqda.
UMUMTA’LIM MAKTABLARI O‘QUVCHILARINING MATEMATIKA FANI BO‘YICHA XOTIRA TURNIRI
Ertalab olimpiada ishtirokchilari kutib olinib, o‘quvchilarga olimpiadaning o‘tkazilish tartib –qoidalari  bo`yicha tushuntirish ishlari olib borilib,  soat 10.00 da olimpiada masalalarini yechishga start berildi. Olimpiada viloyatdagi barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilarining 5-10 sinf o`quvchilari o`rtasida o`tkazilmoqda.  Ayni damda, yosh matematikalar o`z bilimlarini sinovdan o`tkazmoqdalar. 
Urganch Davlat Universiteti UMUMTA’LIM MAKTABLARI O‘QUVCHILARINING MATEMATIKA FANI BO‘YICHA XOTIRA TURNIRI
Urganch Davlat Universiteti UMUMTA’LIM MAKTABLARI O‘QUVCHILARINING MATEMATIKA FANI BO‘YICHA XOTIRA TURNIRI
 
Eslatib o`tamiz, turnir mobaynida universitet bo`ylab sayohat hamda g`oliblarni taqdirlash marosimi ham rejalashtirilgan.
 
Urganch davlat universiteti Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:

Ulashish: