Close


xotira turniri doirasida


Xabar berganimizdek, bugun 5-iyun kuni  Urganch davlat universitetida viloyatdagi  barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilari o`rtasida matematik olim, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ismoil Abdullayev xotirasiga bag‘ishlab, Matematika fani bo‘yicha  xotira turniri bo`lib o`tdi.
Urganch Davlat Universiteti xotira turniri doirasida
O`quvchilar kunning birinchi yarmida bor bilim va imkoniyatlarini ishga solib, olimpiada misol-masalalarini yechdilar.
Urganch Davlat Universiteti xotira turniri doirasida
Shundan so`ng, xotira turniri doirasida olimpiada ishtirokchilariga hamda universitet professor-o`qituvchilariga  universitet oshxonasida to`kin dasturxon yoyilib, osh tarqatildi, marhum ustozimiz Ismoil Abdullayev xotirasiga duo o`qilib, Qur`on tilovat qilindi.
Urganch Davlat Universiteti xotira turniri doirasida
Ayni damda, xotira turnirining yakuniy qismi bo`lib o`tmoqda.
 
Urganch davlat universiteti Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
 

Ulashish: