Close
Skip to main content


Ma’rifatli ayol mustahkam oila tayanchi


Bugun Urganch davlat universitetida “15-may — Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Ma’rifatli ayol — mustahkam oila tayanchi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur muloqotda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Nigora Kutlimuratova, universitet rektori Feruza Madrahimova, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Jamila Ermetova, viloyat “Ma’rifatli ayollar” kengashi raisi Sayyora Samandarova hamda universitetning olima ayollari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida oilaviy qadriyatlarni asrash va mustahkamlash, xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasida oilaning o‘rni, ilm-fan va innovatsiyalar rivojida ayollarning ishtiroki hamda oilaviy farovonlikni ta’minlashda ta’lim va hamjamiyat hamkorligining ahamiyati yuzasidan dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Rektor Feruza Madrahimova oilaviy farovonlikni ta’minlashda oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy mas’uliyati muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Shuningdek, talaba-qizlarning hayotiga befarq bo‘lmaslik, ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashida hamkorlikdagi tashabbuslar va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Davra suhbatida kimyo fanlari doktori, dotsent M.Baltayeva hamda fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent A.Babajanova ilm-fan yo‘lidagi yutuqlari, tajribalari va izlanishlari haqida taqdimot qildilar.

Shuningdek, tadbir doirasida Xotin-qizlar kengashi a’zolari tomonidan tayyorlangan universitet olima ayollarining xorijiy tajriba va taassurotlari jamlangan “Mukammallik sari” risolasi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
 



















Share