Close


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA SIYOSIY PARTIYALAR VA OAV VAKILLARI HAMDA MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARINING NAVBATDAGI GURUHLARI UCHUN O`QUV MASHG`ULOTLARI O`Z ISHINI BOSHLADI


2021-yilning 26-aprel kuni  siyosiy partiyalar, mahalliy kengash deputatlari  hamda  OAV vakillari: jurnalistlar, axborot xizmatlari rahbarlari va blogerlar ishtirokidagi o`quv  seminarlarining   navbatdagi o`quv mashg`ulotlari  o`z ishini boshladi.   
O`quv seminarlarining ochilishida  Urganch davlat universiteti prorektori,  t.f.d. S.Davletov ishtirok etib, dastavval, siyosiy partiyalar va OAV vakillari hamda mahalliy kengash deputatlari uchun tashkil etiladigan o‘quv kursining maqsadi va o‘quv jarayonini tashkil qilish masalalari yuzasidan tanishuv olib bordilar. 
Shundan so`ng, kun tartibidagi  masalalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati,  O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida mamlakatda amalga oshirilgan islohotlarning mazmun-mohiyati, «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturining asosiy yo‘nalishlari kabi mavzular yuzasidan o`quv  seminarlar o`tkazildi.
Dars jarayonlari interfaol va zamonaviy pedtexnologiyalar asosida  UrDU professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi.

Ulashish: