Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



E’LON!


Urganch davlat universiteti  2025-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti (tayanch doktorantura)ga 05.08.09- G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish ixtisosligi bo‘yicha qabul e’lon qiladi (ishlab chiqarishdan ajratilgan holda o‘qish uchun). Ajratilgan o‘rin 1 ta. 

Talabgorlardan 10-noyabrga qadar yagona elektron tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda quyidagi hujjatlarni yuklash talab etiladi:

• ariza;
• xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat;
• qisqacha biografik ma’lumotnoma;
• mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
• oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
• nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi.

Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar.

Kirish imtihonlari joriy yilning 10-30 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.​
Ma’lumot uchun telefon: +998622246644