Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies

  • Green
    University



DIQQAT EʻLON!


Hurmatli yurtdoshlar!

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzurida tarixiy xotiralarni saqlovchi muzey tashkil etilmoqda. Ushbu tashabbus universitetimiz tarixini, rivojlanish bosqichlarini, ilm-fan va ta’lim sohasidagi yutuqlarini keng jamoatchilikka namoyish etish, kelajak avlod uchun bebaho ma’naviy merosni yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan, agar Sizda Urganch davlat universitetining faoliyati, tarixi, professor-o‘qituvchilari, talabalar hayoti yoki boshqa muhim voqealarga oid fotosuratlar, hujjatlar, nashrlar, esdalik buyumlari bo‘lsa, ularni biz bilan baham ko‘rishingizni so‘raymiz.

Taqdim etilgan har bir material muzey fondiga kiritilib, Sizning nomingiz bilan tarixda qoladi.

Biz Sizning yordamingizni qadrlaymiz va ushbu tashabbusda faol ishtirok etishingizni kutamiz!

Aloqa uchun:
Manzil: Urganch shahri, "Hamid Olimjon" ko‘chasi, 14-uy. (Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti, 203-xona)
Telefon: +998 62 224 6700; +998 93 740 01 82; +99893 922 44 68
Elektron pochta: http://info@urdu.uz

Keling, universitetimiz tarixini birgalikda yarataylik!