Close
Skip to main content


E'LON


Urganch davlat universitetida magistraturaga qo‘shimcha qabul boshlandi!

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida 2026–2027-o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul jarayoni boshlandi.

Qo‘shimcha qabul tegishli til sertifikatiga ega bo‘lgan, biroq asosiy qabul jarayonida o‘qishga tavsiya etilmagan talabgorlar uchun tashkil etilmoqda.

Magistraturada tahsil olish imkoniyatidan foydalanmoqchi bo‘lgan talabgorlar belgilangan tartibda hujjatlarini rasmiylashtirish uchun universitet Magistratura bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Murojaat uchun ma’lumotlar

Manzil: Urganch davlat universiteti, Tarix va huquq fakulteti binosi, 300-xona.

Telefon: +998-50-805-27-34