Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



“Bobur ijodi insonni komillikka chorlaydi”

Yig’ilishni kafedra mudiri dotsent S.Babajanova ochib berar ekan, kun tartibidagi masala yuzasidan to’xtalib o‘tdi. Unga ko’ra tadbirni Fakultet dekani dotsent X.Polvonov ochib berganligi, yig’ilganlarni Z.M.Bobur tavalludining 540 yilligi bilan tabriklab, Boburning ilmiy-ma’naviy merosi haqida gapirganligini ta’kidlab o’tdi.

Shundan so’ng, “Milliy tiklanish” partiyasi Xorazm viloyat kengashi rais o’rinbosari     so’z olganligi, Z.M.boburning ma’naviy merosi, yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati borasida to’xtalib o’tdi.

Keyin Tabiiy fanlar fakulteti tyutori R.Matchanov, “Ekologiya va HFX” kafedrasi dotsenti A.Masharipovlar so’z olib, bugungi tadbirning ahamiyati, Z.M.Boburning ijodiga keng to’xtalib o’tdilar.

Shundan so‘ng, Ekologiya yo’nalishi 2-bosqich talabalari Z.M.Bobur hayoti va ijodiga bag’ishlangan turli sahna ko’rinishlari, Bobur ruboiy va g’azallaridan namunalar o’qib eshittirdilar. Tadbir badiiy va mazmun jihatdan mazmunli va qiziqarli tarzda o’tkazildi. Tadbirda faol ishtirok etgan talabalar dekanat tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Ulashish: