Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies

  • Green
    University



“QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI” MUZEYI RIVOJI UCHUN MANFAATLI BO‘LGAN KELISHUVLARGA ERISHILDI

2023-yil 17-iyul kuni Turkiya hamkorlik va taraqqiyot agentligi (TIKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ali Rizo Tezjan Urganch davlat universiteti qoshidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida boʻldi.  

Tashrif avvalida mehmonlar muzey ekspozitsiyasi bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng, tomonlarning hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda UrDU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori G‘.O‘razboyev, muzey direktori Y.Rahmonova va Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i E.Yo‘ldoshevlar ishtirok etdilar. 

▪️Unda Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash xususida qator kelishuvlarga erishildi. Bular laboratoriya tashkil etish, mustabid sovet tuzumi qatag‘oni tufayli qurbon bo‘lgan mutafakkirlar, mashhur fan va adabiyot arboblari sharafiga bag‘ishlangan respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlarni hamkorlikda tashkil etish va o‘tkazishni koʻzda tutadi.  

▪️Shuningdek, Turkiyaning turdosh muzeylari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish va tajriba almashishga kelishib olindi.

▪️Qatag‘onga uchragan davlat, jamoat arboblari, fan va madaniyat, adabiyot va san’at namoyandalarining asarlarini tayyorlash va chop etish, Xiva shahri 2024-yilda “Islom dunyosining turizm poytaxti” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan hamda Xiva shahrining turistik salohiyati va madaniyatini turk dunyosi, xalqaro maydonda faol targ‘ib qilish maqsadida taqdim etilgan asarlarni turk va o‘zbek tillarida O‘zbekiston va Turkiyada chop etish va ikki davlat kutubxonalariga tarqatish, xalqlariga targ‘ib etish takliflari kiritildi.

Ulashish: