Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



Oktabr oyining birinchi haftasi - mamlakatimizda Siyosiy qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligi.

Bugun, 5-oktabr UrDU tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi" muzeyida “TARIXIY XOTIRA, MAʼNAVIY VA RUHIY TARBIYA – YANGI O‘ZBEKISTON POYDEVORI”  mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir boʻlib oʻtdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi PQ-270-son qarori ijrosi yuzasidan muzeyda tadbir boʻlib oʻtdi. Seminarda Xorazm viloyati Hozarasp va Bogʻot tumanlari IIB xodimlari faol ishtirok etdi. Muzey direktori Y. Rahmonova xorazmlik jadidchilik harakatining yorqin namoyandalarining ogʻir qismati haqida ma'lumotlar berib oʻtdi. Tadbir davomida muzey boʻylab ekskursiya boʻlib oʻtdi. 

Ulashish: