Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies

  • Green
    University



“QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI” MUZEYI RIVOJI UCHUN MANFAATLI BO‘LGAN KELISHUVLARGA ERISHILDI

2024-yil 20 - noyabr kuni Turkiya Respublikasi Hisob Palatasi bo’lim boshlig’i  Arif Zenjirji,  TİKA Toshkent Koordinatori (Rahbari)  Ali Rıza Tezcan,  Turkiya Respublikasi Hisob Palatasi bosh mutaxassisi Isxak Cho’rtuk, Turkiya Respublikasi Hisob Palatasi bosh mutaxassisi Adem Gulseve, TİKA Toshkent Ofisi loyiha boshqaruvchi /Assistant Farrux Abdulloyevlar   Urganch davlat universiteti  tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurdilar.                                                         
Tashrif avvalida mehmonlar muzey ekspozitsiyasi va ko`rgazma bilan yaqindan tanishdilar. 2023 yilda muzey direktori dots.Y.Rahmonova tomonidan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) fondiga taqdim etilgan “Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyini texnik jihozlar bilan ta’minlash loyihasi”  kelishilgan edi. Mazkur loyiha ijrosi sifatida TIKA tomonidan  2023-yil 13-dekabr kuni muzeyga 10 ta infokiosk, 7 ta kompyuter, 6 ta lazerli printer, 2 ta rangli printer, 1 ta smart doska, 1 ta fotoapparat, 1ta interaktiv sensorli stol, konferensiya zali uchun mebellar to’plami va mikrofon, 5 ta konditsioner, 5 ta smart televizor hamda tadbirlar uchun 100 ta stul  oʻrnatilgan edi. Muzey direktori, t.f.n., dots. Y. Raxmonova muzey rivoji uchun ajratilgan mustahkam moddiy texnik baza uchun minnatdorchilik bildirdi. 
Tomonlar ushrashuvda  qardosh ikki xalqni bir-biriga bog‘lovchi tarixiy ildizlar,  do‘stlik va o‘zaro ishonchga asoslangan O‘zbekiston – Turkiya hamkorligi turli yo‘nalishlarda jadal taraqqiy etayotgani, jumladan ilmiy, madaniy hamkorlik aloqalari mustahkamlanib borayotgani esa o‘zaro munosabatlarning yanada kengayishiga xizmat qilayotganini ta’kidladilar. Mehmonlarga muzey faoliyati va amalga oshirilayotgan tadqiqotlar haqida so‘zlab berildi.
Muloqot davomida madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Turkiyaning turdosh muzeylari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish, tajriba almashish, xalqaro miqyosda ilmiy anjumanlar o`tkazish, yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi. 

Ulashish: