Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri o’rinbosari viloyatimizda boʼlib bir qator muhim uchrashuvlar oʼtkazdi.Ulardan biri Urganch davlat universiteti yosh olimlari va iqtidorli talabalari bilan tashkil etildi.

Mamlakatimizda yoshlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini roʼyobga chiqarish, innovatsion gʼoyalar, loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, iqtidorli talabalar, yosh olimlar va tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini ragʼbatlantirish kabi masalalar asosiy eʼtiborda. Prezidentimizning 2019 yil 30 avgustda qabul qilingan “Yoshlarni ilm-fanga jalb etish va ularning tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 4433-sonli Qarori ayni yoʼnalishdagi islohot va tashabbuslarni yangi bosqichga olib chiqdi, deyish mumkin.Ushbu Qarorga asosan Respublika Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar Аkademiyasi tashkil etildi. Аkademiyaning maqsad –vazifalarini yoshlarga tushuntirish, ular orasidan Аkademiya aʼzoligiga nomzodlarni saralash, iqtidorli talabalar, yosh olimlarning muammo va takliflarini oʼrganish maqsadida Innovatsion rivojlanish vaziri oʼrinbosari Olimjon To’ychiyev boshchiligidagi ishchi guruh viloyatimizda boʼldi.Mutasaddilar Respublikamizda oʼzining salohiyatli ilmiy kadrlari,koʼp sonli mahalliy va xorijiy talabalari soni bilan oldingi oʼrinlarda turadigan Urganch davlat universitetida uchrashuv oʼtkazdilar.Tadbir davomida universitetning yosh olimlari, iqtidorli talabalari oʼzlari uchun muhim boʼlgan qimmatli maʼlumotlarga ega boʼldilar.Xususan, ilmiy ishlar, innovatsion gʼoya va startaplarni hayotga tatbiq qilish yoʼllari,uni rivojlantirishda eʼtibor qaratish lozim boʼlgan jihatlar, bunda Innovatsion rivojlanish vazirligi va uning qoshida tashkil etilgan Yoshlar Аkademiyasining roli kabi masalalarda koʼplab savollariga javob oldilar.Uchrashuv qizgʼin ruhda oʼtib, samimiy muloqotga aylanib ketdi.Mutasaddilar yoshlarning har bir murojaati yuzasidan batafsil maʼlumotlar berib, ularning ilmiy izlanishlari, ixtiro va loyihalari, xatto yangi tugʼilgan gʼoyalari ham eʼtibordan chetda qolmasligini, ularni rivojlantirish va amaliyotga tatbiq etishgacha boʼlgan jarayonda har tomonlama qoʼllab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.Tadbirda shuningdek, mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan Urganch davlat universiteti qoshida tashkil qilingan “Xorazm” texnoparki faoliyatini takomillashtirish borasida viloyat hokimligi va universitet rahbariyati bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar, muzokaralar xususida ham maʼlumot berildi. Urganch davlat universiteti matbuot xizmati.

 


 

Ulashish: